Овуляция нима дегани узи

Содержание

Ovulyatsiya jarayoni: u nima, kunini aniqlash, belgilari, davomiyligi, qachon sodir bo’ladi

Овуляция нима дегани узи

Ovulyatsiya (lot.

ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish, yetilgan follikulaning yorilishi natijasida tuxum hujayraning tuxumdonlardan bachadon nayiga chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir.

Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ushbu maqolada biz bu jarayonni yaqindan ko’rib chiqamiz va olingan ma’lumotni tezroq homilador bo’lish uchun qanday ishlatilishini tushuntiramiz.

Ovulyasiya nima?

  • Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni;
  • Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak;
  • Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi;
  • Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.

Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi.

Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga) va ayolda hayz boshlanadi. Ushbu vaqtda navbatdagi hayz sikli boshlanadi.

Ovulaytsiya bitta siklda bir martadan ko’proq sodir bo’lishi mumkinmi?

Ha, ovulyatsiya ikki marta sodir bo’lishi mumkin, lekin u odatda siklning bir xil vaqtida sodir bo’ladi. Aynan shu tarzda ikki tuxumli egizaklar urug’lantiriladi — ikkita alohida tuxum hujayralarning ovulyatsiyasida.

Bu ko’pincha 35 yoshdan katta ayollarda sodir bo’ladi. Shuningdek ko’pchilik EKU-klinikalarda yoshi katta ayollarga, qoida tariqasida, ikkita embrion o’tqaziladi, 40 yoshdan yoshroq ayollarga esa bitta.

Shuning uchun katta yoshli ayollarda egizak ko’rish ehtimoli yuqoriroq.

Ovulyatsiya va fertil kunlar o’rtasida qanday farq bor?

Tuxum hujayra 24 soat davomida yashaydi, spermatozoidlar esa 5 kungacha faol bo’lib qolishi mumkin. Shunday qilib, er-xotin ovulyatsiyadan to’rt yoki besh kun oldin jinsiy aloqa qilishi orqali homiladorlikka erishishlari mumkin.

Tuxum hujayra va spermatozoidlarning yashash davrini hisobga olgan holda fertil (lot. fertilis — unumdor) kunlar taxminan olti kunni tashkil qiladi. Fertil kunlar — hayz sikli davomidagi himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish mumkin bo’lgan barcha kunlardir.

Qo’shimcha fertil kunlarni aniqlash juftliklarga o’z hayot tarzlaridan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa vaqtini belgilash va osonroq homiladorlikka erishishga yordam beradi.
Homiladorlik haqida to’liq ma’lumot→

Qachon ayol eng yuqori fertillikka ega?

Har bir sikl davomida maksimal fertillik kuni (shunga mos ravishda, himoylanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish eng yuqori ehtimol bo’lgan kun) ovulyatsiya kuni va undan bir kun oldingi kunni o’z ichiga oladi.

Fertillikning bu cho’qqisi ikki kun bo’ladi. Urug’lantirish imkoniyati bundan bir necha kun oldin ham yuqori bo’ladi. Bu paytda ham ayol homilador bo’lish imkoniga ega.

Taxminan olti kun davom etadigan bu «fertillik oyna»sidan tashqarida, homilador bo’lish imkoniyat juda past.

Homilador bo’lish imkoniyatini baholash

 KunlarUrug’lantirishehtimoli
6 kun oldin 0%
5 kun oldin 10%
4 kun oldin 16%
3 kun oldin 14%
2 kun oldin 27%
1 kun oldin(LG keskin ko’tarilishi) 31%
 Ovulyatsiya kuni 33%
1 kun keyin 0%

Ovulyatsiya qachon sodir bo’ladi?

Hayz sikli davomiyligi turli ayollarda turlicha bo’ladi va sikldan siklga o’zgarib turadi, lekin odatda 23 — 35 kunni tashkil qiladi. Ovulyatsiya qoida tariqasida keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi.

Ko’pchilik ayollar ovulyatsiya 14-kuni sodir bo’ladi deb hisoblashadi, ammo bu shunchaki o’rtacha ko’rsatkich. Aslida esa ayollarda ovulyatsiya hayz siklining boshqa kunlarida sodir bo’ladi va bu kun ham sikldan siklga o’zgarib boradi.

Haqiqatda hayz sikllarining 46 foizi 7 yoki undan ortiq kunga farq qilib turadi.

Ba’zi ayollar ovulyatsiya vaqtida spazmli og’riq sezishlarini ta’kidlashadi, lekin juda ko’pchiligi umuman hech narsa his qilmaydilar, ularda ovulyatsiyaning boshqa hech qanday jismoniy belgilari kuzatilmaydi. Homilador bo’lish uchun fertil kunlarda jinsiy aloqa qilish kerak. Agar eng fertil kunlaringiz qachon bo’lishini bilmoqchi bo’lsangiz, organizmningizni va hayz siklingizni o’rganishingiz kerak.

Barcha odamlar turli xil va ayollar o’z fertilligini tushunish uchun o’rtacha ko’rsatkichlardan foydalana olmaydi. Ovulyatsiyani aniqlash — bu ayollar o’z fertilliklarini tushunishi uchun eng oddiy qadamlardan biridir.

Menda ovulyatsiya har oy sodir bo’layotganiga ishonchim komil emas. Buning sababi nima bo’lishi mumkin?

Ba’zi ayollarda har oy ovulyatsiya yuz bermaydi va buning ko’p sabablari bor. Agar sizning siklingiz odatda 35 kundan ortiq davom etsa, sizda muntazam ovulyatsiya bo’lmasligi yoki u umuman yo’q bo’lishi mumkin.

Homilador bo’lmagan ayollarda ovulyatsiya sodir bo’lmasa, ko’pchilik hollarda bu polikistoz tuxumdonlar sindromi (PKTS) dan dalolat beradi. PKTS — bu tug’ma kasallik bo’lib, u ayollarda muntazam va doimiy ovulyatsiya (tuxum hujayra chiqarilishi) yo’qligiga olib keladi.

Bunday ayollarda katta yoshlarda ham yuzda ugri toshishi va lablar ustida tuklar jadal o’sishi kuzatiladi. UTT vaqtida tuxumdonlarda juda kichik kistalar ko’rinadi.

Ovulyatsiya yo’qligining boshqa sabablariga qalqonsimon bez faolligining pasayishi (gipotireoz), prolaktin ko’p ishlab chiqarilishi (giperprolaktinemiya) va menopauzaning yaqinlashi kiradi. Agar sizda tizimli ovulyatsiya sodir bo’lmayotganini sezsangiz, shifokoringizga murojaat qiling.

Ovulyatsiya qancha davom etadi?

Ovulyatsiya tuxumdondan tuxum hujayrasi ozod etilishini ifodalashi sabab, u deyarli bir zumda sodir bo’ladi — follikulalar yoriladi va tuxum hujayra juda tez bachadonga qarab harakatlanadi.

Ovulyatsiya sodir bo’layotganini qanday bilsa bo’ladi?

Ko’p ayollar ovulyatsiya kuni haqida bilishni xohlashadi, chunki bu davrni to’g’ri aniqlay olish farzandli bo’lishni osonlashtiradi. Uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan quyidagi usullardan foydalanish qulay.

  • Muntazam hayz ko’rishda ovulyatsiyani hisoblashning kalendar usulidan foydalanishingiz mumkin. Unga ko’ra, ovulyatsiya siklning o’rtasiga to’g’ri kelishi kerak, ammo rejalashtirilgan kunlarda ovulyatsiya sodir bo’lganligini qanday bilasiz? Ovulyatsiyani aniqlash uchun qo’shimcha usullarni qo’shing!
  • Ovulyatsiya sodir bo’lganligini aniqlash uchun bazal haroratni o’lchash yordam beradi. To’g’ri ichakdagi haroratning ko’tarilishi urug’lanishga tayyor tuxumning chiqarilishini ko’rsatadi. Ovulyatsiya qanday haroratda sodir bo’lishini har oy bazal harorat grafigini tuzib borish orqali aniqlash mumkin. Odatda ovulyatsiya davrida bazal harorat ovulyatsiyadan oldingi haroratga nisbbatan taxminan yarim darajagacha farq qiladi.Bazal haroratni o’lchash haqida batafsil→
  • Ovulyatsiya kunini aniqlash uchun test — ovulyatsiya yuz berganini bilishning yana bir usuli. Ovulyatsiya uchun test-chiziqlar homiladorlikni aniqlash uchun testlarga o’xshaydi, faqat ular ikkita chiziqni muvaffaqiyatli urug’lantirishda emas, tuxum hujayra tuxumdonni tark etganda ko’rsatadi.

Источник: https://mymedic.uz/homiladorlik/ovulyatsiya/

Follikula nima? Follikulaning normal yetilishi va yetilmasligi

Овуляция нима дегани узи

Tuxum hujayralar yangi hayot beruvchi mo‘jizadir. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu qobiq follikula deb ataladi. Tuxum hujayra yetilganda follikula ham yetiladi. Follikulyar bo‘shliq suyuqlik bilan to‘lgan, shu suyuqlikda esa tuxum hujayralar ham joylashgan bo‘ladi.

Follikulaning yetilishi

Tuxumdon follikulalari – tuxum hujayralarni o‘rab turuvchi orolchadir. Yetilmagan yosh folliklulalar tuxumdonga embriogenez davrida o‘tadi. Bola tug‘ilayotganda umumiy ko‘chib o‘tgan yetilmagan follikulalar soni 1-2 millionga yaqin bo‘ladi. Ularning ko‘p qismi keyinchalik so‘rilib ketib, qiz bola balog‘at yoshiga yetganda 300 mingga yaqinlashib qoladi.

Balog‘at yoshida har bir hayz ko‘rish davrida follikulani stimullovchi gormonlar ta’sirida 10 ga yaqin folliklulalar yetiladi. Yetilgan tuxum hujayralarning tashqariga chiqishi yaqinlashganda (ovulyatsiya davriga yaqin) dominant follikul hosil bo‘ladi. Uning hajmi kattalashishda davom etadi, shu paytda tuxumdonda katta bo‘lmagan bo‘shliq hosil bo‘lib, u suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.

Ovulyatsiya davriga yaqin bu bo‘shliqning diametri 2 sm gacha yetadi va u graaf pufakchasi deb nomlanadi. Ikkilamchi follikulalar diametri kichikroq bo‘ladi. Tuxum hujayralar graaf pufakchasidagi suyuqlikda “suzib” yuradi.

Tuxum hujayralarni o‘rab turgan follikulaning yetilish davomida ayollik jinsiy gormoni – esterogen hosil bo‘la boshlaydi. Follikulalarning yetilishi uchun o‘rtacha  2 hafta ketadi.

 Ovulyatsiya davriga bir kun qolganda esterogen gormoni miqdori birdan ko‘tarilib ketadi, bu esa lyutenlovchi gormonlarning ajralishiga olib keladi.

 Dominanat follikula ovulyatsiya paytida yoriladi, undan urug‘lanishga tayyor bo‘lgan tuxum hujayralar chiqadi. Qolib ketgan follikula so‘rilib ketadi.

Follikullar rivojlanishi

Hayz siklining fazalari

Hayz sikli follikulalarning joylashgan joyiga va ularning hajmiga qarab fazalarga bo‘linadi. Hayz ko‘rgandan so‘ng boshlanadigan faza – follikulyar faza deyiladi. Tuxum hujayraning follikulani yorib chiqish davri – ovulyatsiya fazasi deyiladi.

Lyutinlovchi faza esa ovulyatsiya davridan boshlanadi. Graaf pufakchasi hujayralari tuxum hujayralari chiqqandan so‘ng sariq tana hosil qiladi.

Sariq tana esa progesteron gormonini hosil qila boshlaydi. Progesteronning vazifasi esa bachadon endometriy qavatini urug‘langan tuxum hujayra implantatsiyasiga tayyorlashdir.

Agar urug‘lanish bo‘lmasa, sariq tana hayz ko‘rish oldidan so‘rilib ketadi.

Tuxmdonda bo‘ladigan o‘zgarishlar shunday ko‘rinishda davom etadi. Endi esa ko‘pchilik ayollar beradigan savolga javob beramiz: follikulalar qancha bo‘lishi bo‘lishi kerak?

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 20 — hafta

Tekshiruv jarayonida follikulalar UTT (UZI) ekranida yaxshi ko‘rinadi. Follikula va tuxumdonlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish uchun, ularda UTT tez-tez o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiqdir. Tekshiruv natijasida o‘rtacha 1-2 tadan 4-5 tagacha follikulalar aniqlanadi. Normada ba’zi hollarda 2-3 ta dominanat follikulalar ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ba’zi hollarda masalan EKO (ekstra korporal urug‘lantirish)da follikulalarni stimullab, 4-6 tagacha dominant follikulalar hosil qilinadi. Follikulalarni stimullash uchun xorionik gonadotropin (XG) saqlovchi maxsus ukollardan foydalaniladi. Agar 1 tagina follikulaga ishonib, EKO o‘tkazilsa natija berish foizi kam bo‘ladi.

Follikulaning yetilishini UTT da monitoring qilish

Follikulalarning juda kattaligi va ko‘pligi bilan kechadigan hayz sikli patologiyadan dalolat beradi. Gormonal o‘zgarishlar fonida turli xil kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Masalan, follikular va lyuteinlangan tuxumdon kistasi. Bunda ovulyatsiya jarayoni bo‘lmagan yetilgan, yirik follikulalar hosil bo‘ladi.

 Follikulalar yetilishining buzilishi va ovulyatsiya kuzatilmasligi – ayollarda farzandsizlik kasalligining belgilaridan biridir.

Bepushtlikka follikulalar yetilishining buzilishi sabab bo‘layotganini inkor etish uchun UTT monitoring o‘tkaziladi. Buning uchun UTT da tuxumdonlarni bir necha kun davomida tekshiriladi. Follikulalar hajmi, soni aniqlanadi. Tekshiruv follikulometriya deb nomlanadi.

Follikulometriyaning yettinchi kuni follikulalar kichik, 5-6 mm diametrli ko‘rinishda, suyuqlik bilan to‘lgan tuxumdon bo‘shlig‘ida aniqlanadi.

11-kuni follikulalar hajmi 10-12 mm diametrda aniqlanadi. O‘ta aniqlik bilan dominant follikulani aniqlasa bo‘ladi.

Follikulalar 12-kuni 18 mm diametrdagi hajmni egallaydi. Katta hajmdagi ya’ni 21 mm follikula aniqlanishi tez kunda ovulyatsiya jarayoni bo‘lishidan dalolat beradi.

Odatda bu hayz siklining o‘rtalariga, 13-15 kunlarga to‘g‘ri keladi. O‘ta katta follikula 28-30 mm va undan kattalari follikulyar kista hosil bo‘lganidan dalolat beradi.

Bunday kistalar ko‘pincha funksional hisoblanib, o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi.

14 kuni ovulyatsiya kuzatiladi. Dominant follikulaning yorilganidan so‘ng, u yo‘qolib ketadi yoki hajmi kichrayadi.

Ovulyatsiya tugaganidan so‘ng yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, follikulalar sariq tanaga aylanadi. Homilador bo‘lish uchun sariq tana gormoni – progesteron miqdori katta rol o‘ynaydi.

Agar ushbu gormon miqdori keragidan kam bo‘lsa, homiladorlik kuzatilmaydi yoki erta davrlarida tugab ketadi. Bunday hollarda sariq tana yetishmovchiligi deb aytiladi.

Bu patologiyani inkor etish uchun UTT tekshiruvi davom ettiriladi va qonda progesteron miqdori tekshiriladi.

Follikular rivojlanishdan ortda qolishi

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, follikula yetilishida ular ma’lum bosqichlarni bosib o’tib, so’ngra yetiladi.

Erta davrlarda follikulalar yetilishi bir xil kechadi, barcha follikulalar bir vaqtda bir xil kattalikda yetila boshlaydi. Vaqt o‘tib ular orasidan biri o‘sishda tezlashadi va dominant bo‘ladi.

 Dominant follikula hajmi 15 mm gacha yetadi, qolganlari esa atreziyaga uchraydi (ortga qaytadi, so‘rilib ketadi).

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yuz uchun pomidordan foydali niqoblar

Dominant follikulaning yorilishi ahamiyatli jarayon, chunki yetilgan tuxum hujayralar shu yo‘l bilan chiqadi.

Follikula yorilmasligi sababi nima?

Ayollarda ko‘pincha savol tug‘iladi, nega yetilgan follikulalar yorilmaydi? Sabablari esa bir qancha. Bunga javob follikulaning devorining qalinligi yoki gormonal muvozanat buzilishidir.

Agar sariq tana erta shakllanib qolsa, ya’ni follikula yorilishidan avval, uni ovulyatsiyalanmagan follikula deyiladi. Bu holatda dominant follikula normal yetilishi ham mumkin. Keyinchalik bu follikula yorilmasa ham, sariq tana hosil bo‘laveradi.

Demak yetilgan bo‘lsa ham qobiq qalinligi sababli yorilmagan follikuladan tuxum hujayralari chiqa olmaydi va urug‘lanish, homilador bo‘lish ham kuzatilmaydi.

Keyingi sabab persistensiya. Persistensiyada dominant follikul hosil bo‘ladi, follikula normal yetiladi, lekin yorilmaydi. Persistensiyalashgan follikula butun hayz davomida saqlanib turadi.

Shuni ham hisobga olish kerakki, persistensiyalangan follikula hayz siklidan keyin ham saqlanib qolishi mumkin.

Bu holatning o‘ziga xos xususiyatlari: sariq tananing hosil bo‘lmasligi, esterogen gormoni miqdori ko‘payishi, progesterone miqdori kamayishi, bachadon bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik bo‘lmasligi kuzatiladi.

Follikulalarning yo‘qligi

Agar ayolda follikulalarnig yo‘qligi aniqlansa, demak tuxumdonlarning disfunksiyasidan dalolat beradi. Erta klimaksda ya’ni 45 yoshgacha bo‘lgan holatlarda, follikulalar yo‘qligi aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazar bilan qaralganda bu holat normal emas. Va ushbu holatni davolash maqsadida gormonal terapiya tavsiya etiladdi, jinsiy hayotni tiklashga harakat qilinadi.

Ayolda ovulyatsiya jarayoni qiyin kechishi hayz siklining cho‘zilishi fonida ham ko‘rinadi. Hayz sikli 35 kundan uzoq, yoki 21-kundan erta boshlansa, yetilmagan yoki hayotiy qobiliyati yo‘qolgan tuxum hujayralar ko‘payish xavfi borligidan daolalatdir.

Follikula yetilmasligiga sabab nima?

Bunga javoblar erta klimaks, tuxumdon funksiyasining buzilishi, ovulyatsiya bilan bog‘liq muammolarda follikulalar yetilmaydi yoki bo‘sh follikulalar hosil bo‘ladi. Yosh ayollar uchun bu muammo, va davolanishni talab qiladi. Biroq yoshi katta ayollar uchun bu norma bo‘lishi mumkin.

Ba’zan ayollarda ovulyatsiyasiz hayz ko‘rish ham kuzatiladi. Bu davr “dam olish“ davri deyiladi yoki tuxumdonning regeneratsiyasiyasi. Bunday holat 2-3 marta 1 yilda ayrim sog‘lom ayollarda ham kuzatiladi. 33-34 yoshlardan keyin bu holat bir yilda 3-4 martagacha ham ko‘payishi mumkin.

Yosh kattargan sari anovulyator sikl uchrashi ko‘payib boradi. Bundan tashqari ozg‘in, diyetaga qat’iy rioya qiluvchi ayollar ovulyatsiya yo‘qligidan va hayz ko‘rmaslikdan ham ko‘p shikoyat qilishadi. Hosil bo‘layotgan esterogen miqdori ham kamayadi, shuning uchun hayz sikli ham yo‘qoladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinmi?

Noto‘g‘ri rivojlanish

Noto‘g‘ri rivojlanish natijasida kelib chiqqan bepushtlikni aniqlash uchun UTT diagnostikasi qo‘llaniladi. Odatda sikl boshlangandan 8-10 kunlari va hayz ko‘rgandan keyin tekshirish olib boriladi. Tekshiruvlardan so‘ng shifokor quyidagilarni aytishi mumkin:

  • Normal ovulyatsiya;
  • Dominant follikula regressiyasi (kichrayishi);
  • Persistensiya;
  • Follikular kista;
  • Lyuteinizatsiya;
  • Follikula yetishmasligi.

Ko‘rib turganingizdek, oddiy UTT tekshiruvi orqali ham ayollarda bepushtlikning sabablarini aytib bera olish mumkin. Shifokor tekshiruvdan keyin ayolda qanday muammoni topsa, shu muammoga qaratilgan aniq davo chorasini ham qo‘llaydi. Maqola yuzasidan fikr va savollaringizni izoh shaklida yozib qoldiring!

© Avitsenna.uz

Savol:  Follikula yorilmasligiga sabab nima? Davolangan bo‘lishiga qaramay, homilador bo‘lmaslik mumkinmi? Nimaga bu muammo hozir ko‘p uchrayapti va davolash muammo hisoblanadi?

Javob: Follikulani yorilmasligining sabablari ko‘p, masalan tuxumdonlarning shamollashi (o‘tkir yoki surunkali), gormonal yetishmovchilik va hokazo. Agar follikula yorilsa, homilador bo‘la oladi, agar yorilmasa, tuxumdon follikuladan chiqmaydi va ayol homilador ham bo‘la olmaydi.

Davolash muammo hisoblanmaydi, kasallikka to‘g‘ri yondashilib, davolansa bo‘ldi. Hozirda bu patologiyaning ko‘p uchrayotganiga asosiy sabablardan biri — oldin UTT apparatlari bo‘lmas, shuning uchun follikula yorilgan yoki yorilmaganini bilib bo‘lmas edi.

Bundan tashqari — qiz bola yoshlikdan surunkali ravishda kerakli mahsulotlarni iste’mol qilmasligi, ko‘p shamollash va ekologiya buzilishlari ham sabab bo‘lishi mumkin.

© Javlon Abdullayev, shifokor.

Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Источник: https://avitsenna.uz/follikula/

Овуляция нима узи

Овуляция нима дегани узи

Ҳар бир аёл овулясия ҳақида қандайдир маълумотга эга бўлиши керак. Ҳомиладор бўлиш учун у жуда муҳим бўлса, ҳомиладорликдан сақланиш мақсадида ҳам ундан хабардор бўлиш керак. Овулясия ҳақида энг долзарб саволларга жавоб оламиз.

Нега мен овулясия кунларини билишим керак?

Овулясия ҳомиладор бўлиш учун энг муҳим давр ҳисобланади. Нормада аёлда бир ҳайз цикли давомида ўртача 6 кун ичида уруғланиш имконияти мавжуд бўлади. Айнан шу кунларда жинсий алоқа юз берса, аёл ҳомиладор бўлиш эҳтимоли мавжуд бўлади.

Овулясия кунларини билиш айниқса, бепуштлик муаммоси юз берганда, жинсий алоқалар мунтазам бўлмаганда, ҳайз цикли ҳар хил бўлганида жуда муҳим бўлади. Шунда ҳомиладор бўлиш учун барча ҳаракат айнан ўша овулясия кунларига қаратилган бўлиши талаб этилади.

Қандай қилиб овуляция бўлаётганидан хабар топишим мумкин?

Баъзи аёллар ўзидаги гормонал ўзгаришларни кузатиш жараёнида ўз овулясия кунларини айта оладилар. Бу ўзгаришларга бел оғриши, қиндан кўпроқ суюқлик ажралиши ва бошқалар киради. Лекин бу аломатлар орқали овулясияни аниқ белгилаб бўлмайди.

Ундан ташқари аптекада сотиладиган овулясия тестлари ва ултра товушли диагностика овулясия бўлаётганини аниқ кўрсатиши мумкин.

Базал ҳарорат нима дегани?

Базал ҳарорат думба кириш жойи (анус) даги ҳароратга айтилади. Бу ҳароратнинг ўзгаришига қараб ҳам овулясияни аниқлаш мумкин. Чунки овулясияга сабабчи прогестерон гормони тана ҳароратини оширади.

Базал ҳарорат орқали овулясияни билиш:

Ҳар куни эрталаб ўриндан турмаган ҳолда ўз базал ҳароратингизни ўлчайсиз ва бир жойга ёзиб қўясиз. Овулясия яқинлашаётганда шу ҳарорат аста ортишни бошлайди. Айнан ҳарорат ортишидан 1-2 кун кейин сиз уруғланиш учун мойилсиз.

Ҳарорат ошишини прогноз қилиш учун базал ҳарорат камида 3 ой давомида кузатилиб ёзиб борилиши керак. Шунда кейинги циклда тахминан ҳарорат кўтарилиши кузатилишидан сўнг жинсий алоқада бўлиш ҳомиладорликка олиб келиши мумкин.

Ҳароратнинг кўтарилгандан сўнг пасайиши овулясия ўтиб кетганидан далолат беради. (Кўтарилиш ва пасайиш одатда 0.4-0.6 даражани ташкил этади)

Овулясия кунларини билиб ҳомиладорликдан сақлансам бўладими?

Баъзи аёллар ҳомиладор бўлмаслик учун овулясия кунларини билиб, шу кунларда жинсий алоқа қилмасликка ёки шу кунлари қўшимча сақланиш воситаларидан фойдаланишга амал қиладилар.

Афсуски, бу йўл ҳомиладорликдан сақланиш учун қўл кела олмайди. Чунки овулясия содир бўлиши организмнинг умумий гормонал ҳолатига боғлиқдир.

Ҳаттоки, асабийлашиш ҳам режадаги овулясия кунларини ўзгартириб юбориши мумкин.

Овулясия кунларини кутиб, айнан ўша кунлар оралиғида жинсий алоқада бўлсам, ҳомиладор бўлишим аниқми?

Албатта ҳомиладор бўлиш учун аёлда овуясия бўлиши даркор. Лекин ундан ташқари эркакнинг саломатлиги, аёлдаги бошқа гормонал ҳолатлар ва жинсий касаллликлар мавжу бўлмагани муҳим аҳамиятга эга.

Шунинг учун ҳомиладорликка тайёргарлик кўраётган аёллар овулясияга боғланиб қолиб фикри-хаёли уни ҳисоблаб, айнан ўша кунлари алоқада бўлишни мўлжаллаб стрессга тушмай, ўз ҳаётларини ҳар доимгидек давом эттиришлари керак.

Стресс, баъзида овулясия бўлмаслигини ҳам келтириб чиқаради.

Аёл умуман овулайсия кунларини тахминан билиб, шунга мувофиқ йўл тутиши мақсадга мувофиқ бўлади. Лекин эртаю кеч барча ҳаракатини овулясяини ҳисоблашга қаратиб юрган аёлларда асабийлашиш кучли бўлиб, ҳомиладорлик юз беришига баъзида тўсқинлик қилиши ҳам мумкин.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Бош саҳифа » Гинекология » Аёллар учун: Овуляция кунлари

Ҳомиладор аёллар учун: туғруқ кунини аниқлаш усуллари

Ҳомиладор аёл борки, туғруқ вақтига ҳеч бўлмаганда қандайдир аниқлик киритишни хоҳлайди. Аммо буни қандай амалга ошириш мумкин?

Кўпчилик аёллар туғруқ вақтини бўйида бўлган кундан бошлаб ҳисоблашга ҳаракат қилади ва буни ҳомиладор бўлган кун деб ҳисоблаган тахминий санага 9 ойни қўшиш орқали аниқламоқчи бўлишади. Аммо ҳомила бўлган кун бўйича аниқлаш унчалик тўғри эмас. Ҳомиладорлик тўлиқ 9 ойдан иборат эмас, аксинча, 280 кун (ой чиқишига қараб 10 ой).

Гинекологик текширув натижасига қараб туғруқ вақтини аниқлаш

Гинеколог ҳомиладор аёлни текшираётиб, пайпаслаш орқали туғруқ вақтини аниқлаши мумкин.

Ҳомиладорлик муддатини унинг 3-4 ҳафталигидан тўғри аниқласа бўлади. Шуни унутмаслик керакки, ҳомила бирмунча каттароқ вақтда (12 ҳафталикдан ошганда) ҳомиладорлик муддати ва тахминий туғруқ кунини аниқлашнинг деярли имкони йўқ. Бунинг сабаби ҳам одатдагидан кечроқ УТТ (УЗИ)дан ўтиш каби ҳар бир боланинг ўзига хос, индивидуал ривожланиши билан боғлиқ.

Текширув вақтида гинеколог биринчи галда бачадон шакли ва ўлчамига эътибор қаратади. Ҳомиладор аёлларда бачадон шарсимон шаклда бўлиб (соғлом, аммо ҳомиладор бўлмаган аёлларда бачадон ноксимон шаклда бўлади), ҳажми ҳам катталашади. Тажрибали шифокор бачадон ўлчамига қараб ҳомила муддати ва туғиш вақтини аниқлайди.

Источник: https://mamadetyam.ru/info/ovuljacija-nima-uzi/

Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)

Овуляция нима дегани узи

Ovulyatsiya va homiladorlik – fiziologik jarayon boʻlib, ayollar organizmida bir-biri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq holda kechadi. Homiladorlik – ovulyatsiyasiz amalga oshmaydi. Ovulyatsiya jarayoni hayz siklining eng qisqa davri boʻlib, 48 soat davom etadi.

Ovulyatsiya davrida ayol kishining homilador boʻlish darajasi yuqori boʻladi va bu faktni farzand koʻrishni rejalashtirayotgan oilalar yoddan chiqarmasliklari zarur.

Ovulyatsiya vaqtida qanday homilador boʻlsa boʻladi?

Ovulyatsiya fazasi – yetilgan follikulaning yorilish vaqti boʻlib, bunda urugʻlanishga tayyor boʻlgan tuxum hujayra tuxumdonlardan chiqadi. Bu vaqtgacha follikula follikul stimullovchi gormonlar taʼsiri ostida yetiladi.

 Follikula yetarlicha kattalikka ega boʻlganda va uning funksional aktivligi maksimal darajaga yetganda yana bir muhim gormon lyuteinlovchi gormon (LG) konsentratsiyasi ham ortadi, bu gormon esa tuxum hujayrani yetilishida muhim rol oʻynaydi.

Soʻngra yetilgan follikula yoriladi va tuxum hujayra tashqariga chiqadi – aynan mana shu faza ovulyatsiyadir. LG miqdori ortishi va ovulyatsiya fazasi 36-48 soat davom etadi. Shundan soʻng sariq tana davri boshlanadi, tuxum hujayra bachadon naylari orqali bachadon tomon harakatlana boshlaydi. Odatda mana shu davrda tuxum hujayraning urugʻlanish jarayoni sodir boʻladi.

Urugʻlangan tuxum hujayra (zigota) 6-12 kun ichida bachadon boʻshligʻiga tushadi va bachadonga birikadi, shu yoʻl bilan homiladorlik boshlanadi. Agar tuxum hujayra urugʻlanmasa bachadon nayida parchalanib ketadi.

Ovulyatsiya boʻlsa, lekin homiladorlik boʻlmasa…

Ovulyatsiya boʻldi-yu ammo homiladorlik boʻlmasa – bu oddiy holat. Agar homiladorlikni rejalashtirgan holda 1 yil davomida ayol kishi homilador boʻla olmayotgan boʻlsa, shifokor tekshiruvidan oʻtishi kerak boʻladi va umuman ovulyatsiya jarayoni kechayaptimi yoki yoʻqmi shuni aniqlash lozim.

Ovulyatsiya fazasi – organizmning reproduktiv salomatligi normada ishlayotganidan dalolatdir. Bu fazaning kechmasligi organizmda qandaydir muammo borligidan darak beradi.

Farzand koʻrish qobiliyati yuqori boʻlgan ayollar va jinsiy aktiv boʻlgan oilalarda ovulyatsiyaning kunini aniq hisoblash, qaysi kunlarga toʻgʻri kelishini bilib olishlari muhim emas, chunki bunday oilalarda ayol kishi homilador boʻlish ehtimoli yuqori.

Ammo, baʼzi oilalarda erkak kishining spermogrammasi normada boʻlmaydi: spermatozoidlar miqdori kam yoki ularning aktivligi past. Bunday holatlarda shifokorlar aynan ovulyatsiga yaqin kunlar ichida qoʻshilishni tavsiya qilishadi.

Ungacha boʻlgan kunda esa jinsiy aloqa ilmay turish tavsiya etiladi. Sababi, erkak kishi spermatozoidlari biroz koʻpayadi va tuxum hujayra bilan qoʻshilish ehtimoli koʻpayadi.

Ovulyatsiya vaqtida homilador boʻlish ehtimoli qanday?

Ovulyatsiya vaqtida homilador boʻlish ehtimoli eng yuqori darajada boʻladi, va u 33 %ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda ovulyatsiya fazasida homilador boʻlish 3 ga 1 darajada, biroq ovulyatsiya kunidan boshqa davrlarda ham homilador boʻlish ehtimoli bor.

Ovulyatsiyadan oldin ham homilador boʻlish mumkinmi?

Ha, mumkin: ovulyatsiyadan 1 kun oldin homilador boʻlish ehtimoli – 31 %ni, ikki kun oldin – 27 %, uch kun avval esa – 16 % ni tashkil etadi. Gap shundaki, baʼzi spermatozoidlar ayol organizmida bir necha kun yashab turadi, shu sababli ulardan biri tuxum hujayrani urugʻlantirishi ham mumkin.

Ovulyatsiyadan 4 kun avval ham homilador boʻlish mumkin, lekin 6-7 kun oldin esa tuxum hujayra urugʻlanish ehtimoli minimaldir.

Ovulyatsiyadan keyin ham homilador boʻlish mumkinmi?

Yoʻq, mumkin emas, ovulyatsiya fazasi tugagandan keyin, shifokorlar soʻzi bilan aytganda “bepushtlik” davri keladi.

Ovulyatsiyadan keyin homilador boʻlish darajasi 0 ga teng. Bu jarayonni bilish uchun ayol kishi organizmida qanday jarayonlar ketayotganini yuqoridagi maʼlumotlardan bilib olish kifoya.

Hayz sikli 2 fazaga boʻlinadi: follikula fazasi – oʻrtacha 10-16 kun davom etadi va sariq tana fazasi – 2 hafta davom etadi. Bu ikki fazani ovulyatsiya davri ikkiga boʻlib turadi.

Aynan sariq tana fazasi homilador boʻlish darajasi 0 ga teng boʻlgan faza hisoblanadi. Bu faza ovulyatsiyadan keyin boshlanib, hayz siklining boshlangunga qadar davom etadi. Homiladorlik kuzatilmasligining sababi, yetilgan tuxum hujayra bor yoʻgʻi 24 soat yashaydi, soʻngra u parchalanib ketadi. Shu sababli ovulyatsiyadan keyin homiladorlik qisqa muddatlar ichida amalga oshishi mumkin.

Shunday boʻlsa ham ayol organizmi juda murakkab tuzilgan tizimdir, oʻta aniq arifmetik hisoblab chiqilganda ham reproduktiv tizimda istisnolar ham boʻlib turadi. Shu sababli turli xil joylarda, shifokor huzurida, ayollar forumlarida eng koʻp beriladigan savollardan biri – ovulyatsiyadan keyin homilador boʻlish mumkinmi?

Kam hollarda hayz siklining “bepushtlik” fazasida ham homiladorlik kuzatiladi. Shifokorlar buni gormonal nisbatning oʻzgarishi bilan tushuntirishadi, bunga koʻpincha ayolning emotsional holati sabab boʻladi.

Masalan, stress tufayli hayz sikli fazalari muddati oʻzgarib ketishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida ikkala tuxumdonlardan bir vaqtning oʻzida ikkita tuxum hujayra ajralib chiqadi, shu sababli hatto hayz koʻrish vaqtida ham homiladorlik kuzatilishi mumkin.

Ovulyatsiyasiz ham homilador boʻlish mumkinmi?

Ovulyatsiya fazasining kuzatilmasligi ayol organizmida tuxum hujayraning toʻliq yetilmasligidan dalolat beradi. Bunday holatda homilador boʻlish ehtimoli yoʻq. Chunki homilador boʻlish uchun eng muhim boʻlgan sharoit yoʻq, yaʼni yetilgan tuxum hujayra shakllanmagan.

Agar ovulyatsiya kuzatilmasa, qanday qilib homilador boʻlish mumkin?

Avvalo, ovulyatsiyaning roʻy bermaganligiga sababi boʻlgan omilni aniqlash lozim. Odatda bunga sabab gormonal disbalansdir. Bu esa gormonal preparatlar yordamida bartaraf etiladi.

Agar ovulyatsiyaning kuzatilmaslik sababi aniqlanmasa, radikal usuldan foydalaniladi: ovulyatsiya kunini taxmin qilib ayol organizmiga follikulani yetiltiruvchi gormon inyeksiya qilinadi va tuxum hujayra yetiltiriladi.

Erta va kechki ovulyatsiya deganda nima tushuniladi?

Yuqorida keltirib oʻtilganidek hayz sikli ikki davrga boʻlinadi: ovulyatsiyagacha va ovulyatsiyadan keyingi davr. birinchi davr muddati oʻzgaruvchan boʻlsa, ikkinchi davr stabil, yaʼni 12-16 kun davom etadi. 28 kunlik hayz sikliga ega ayollarda ovulyatsiya jarayoni 14 kunda kuzatiladi.

Biroq, ovulyatsiya kuzatilishi muddati baʼzida oʻzgarib turadi. Normal holatda ayol uchun ovulyatsiya hayz siklining 14 kunida kuzatiladigan boʻlsa, ayrim sabablar tufayli 11 kunida roʻy beradi. Bu erta ovulyatsiyadir.

Umuman olganda erta va kech kuzatiladigan ovulyatsiya normal hisoblanadi, bunda ayol kishi oʻz hisoblariga koʻra emas balki ertaroq yoki kechroq homilador boʻladi.

Homilador boʻlish uchun eng qulay kunni qanday hisoblash mumkin?

Ovulyatsiya jarayoni roʻy berganligini aniqlab beruvchi bir nechta usullar bor. Aynan, mana shu kunlarda homilador boʻlish ehtimoli juda yuqori.

Birinchi usul: ovulyatsiya boshlanishi qorinning pastki sohasida biroz ogʻriq bilan kechadi, bu vaqtda ayol kishi jinsiy mayli ortadi. Bu kabi belgilarni ayol kishi mustaqil ravishda shifokor koʻrigisiz ham aniqlay oladi. Ginekolog esa bachadon boʻynidan ajralayotgan shilliq miqdori va uning suyuqligiga qarab ovulyatsiyaning boʻlgan yoki boʻlmaganligini aniqlab beradi.

Ikkinchi usul: bazal haroratni oʻlchaganda ovulyatsiya kuniga yaqin harorat pasayadi, ovulyatsiya roʻy bergandan 1 kun oʻtib bazal harorat birdan koʻtariladi. Doimiy haroratni oʻlchab grafik tuzib olinsa, keyingi sikllarda qaysi kunda qoʻshilish kerak ekanligi va homilador boʻlish ehtimoli yuqori boʻlishini bilib olish mumkin.

Uchinchi usul: siydik tarkibidagi lyutinlovchi gormon (LG) miqdorini aniqlashdir. Organizmda LG miqdori oshishini aniqlab beruvchi maxsus testlar bor.

Uning miqdori ovulyatsiyadan 24-36 soat oldin maksimal darajaga yetadi. Aniq natijani olish uchun koʻrsatma boʻyicha ishlash kerak.

Testni bir kunda ikki mahal, ovulyatsiyaga taxminan 6-7 kun qolganda oʻlchashni boshlash lozim.

Toʻrtinchi usul: ancha ishonchli boʻlib, bunda follikula UTT (UZI) yordamida tekshiriladi. Hayz koʻrgandan keyin 7 kun oʻtib UTT tekshiruvi, vaginal datchik yordamida oʻtkaziladi.

Soʻngra har 2-3 kunda tekshiruv takrorlanib turadi, bachadon endometriy holati ham koʻriladi. UTT ekranida follikulaning yetilganligi va yorilganligi koʻriladi, shundan soʻng ovulyatsiya boshlanadi.

Baʼzi nazariyalarga qaraganda ovulyatsiya kuniga qarab tugʻilajak farzandning jinsini ham aniqlasa boʻladi.

Ovulyatsiya kunidan necha kun jinsiy aloqa boʻlganligiga bogʻliq, yaʼni erkaklardagi Y-xromosoma saqlovchi spermatozoidlar X-xromosoma saqlovchi spermatozoidlarga nisbatan tezroq harakatlanadi.

Bu esa ovulyatsiya roʻy berayotgan vaqtda jinsiy aloqa boʻlsa, Y-xromosomaning tuxum hujayrani urugʻlantirish ehtimoli yuqoriroq. Bu albatta, isbotlanmagan nazariyadir. Har qanday holatda farzandning oʻgʻil yoki qiz jinsida boʻlish darajasi 50/50 dir.

Ovulyatsiyadan soʻng homiladorlik roʻy berganligini qanday aniqlasa boʻladi?

Ayol kishi homilador boʻlganligini hayz suyuqligining kelmasligidan aniqlab olsa boʻladi. Biroq, ovulyatsiyadan soʻng homiladorlikning ilk belgilarini boshqa usullar yordamida ham aniqlab olsa boʻladi.

Bazal haroratni oʻlchash

Bazal haroratni doimo oʻlchab yurishni odat qilgan ayollar homiladorlik roʻy berganida haroratning 37 C gradusdan yuqori ekanligini koʻradilar. Yana bir belgi – qindan qon aralash kam miqdordagi ajralmalar kelishi, koʻpchilik bu kabi ajralmalarni hayz boshlandi deb oʻylashadi. Aslida bu endometriyning bir qismi koʻshishidir.

Homiladorlik testi

Homiladorlik testi – albatta homiladorlik roʻy berganligini aniq koʻrsatib beruvchi usul. Ovulyatsiyadan keyin homiladorlik roʻy berganligini oʻta aniqlik bilan koʻrsatib beruvchi usul – qonda xorionik gonadotropin (XG) gormonining oshishidir. Bu gormon faqatgina homilador ayol organizmida sintezlanadi. Qon analizi shifoxona sharoitida topshiriladi.

Ovulyatsiyaga qarab homiladorlik muddatini qanday aniqlasa boʻladi?

Agar ayol kishi yuqoridagi usullarning birortasini qoʻllab koʻrgan boʻlsa, ovulyatsiya kuzatilishiga asoslanib homiladorlik muddatini aniqlash qiyin emas.

Agar ayol kishi ovulyatsiyaning muddatini kuzatmaydigan boʻlsa, u Negel usulidan foydalansa boʻladi. Bu usuldan ginekologlar tugʻruq vaqtini bilib olishda foydalanishadi.

Buning uchun oxirgi hayz koʻrish boshlangan vaqtdan 3 oyni ayirib tashlash va 1 haftani qoʻshish kifoya.

Homiladorlik muddati shifokor uchun – ayol holatini baholash, kerakli tekshiruvlar buyurish va homilaning rivojlanishiga baho berish muhim hisoblanadi.

Homiladorlik muddatini aniqlash – tugʻruq vaqtini bilish uchun muhim hisoblanadi. Ayniqsa homilador ayolning kerakli vaqtda homiladorlik taʼtiliga chiqish uchun koʻrsatma boʻladi.

Homiladorlik vaqtida ovulyatsiya roʻy berishi mumkinmi?

Malakali mutaxassislar bu savolga – yoʻq deb javob berishadi. Gap shundaki, homiladorlik ayol organizmida gormonal oʻzgarishga sabab boʻladi, barcha fiologik oʻzgarishlar homilani rivojlanishi va uni saqlab qolishga qaratiladi. Bu holatda yana bir tuxum hujayraning yetilishi homila hayotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xavf tugʻdiradi.

Shu sababli ayol organizmi har taraflama mukammal tuzilgan va homiladorlik vaqtida ovulyatsiyaning yuzaga kelmasaligiga moslashgan. Bundan tashqari, gormonlar taʼsirida tuxumdonlarda tuxum hujayralar ajralib chiqishi toʻxtaydi, hamda bachadon boʻyni qisqaradi va yopiladi.

Agar nazariy jihatdan olib qaralganda yana bir tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa, urugʻlangan zigota bachadonga yopisha olmaydi.

Shu sababli homiladorlik vaqtida ham ovulyatsiya roʻy beradimi deb soʻrovchi ayollar havotirlanishmasa ham boʻladi: homiladorlik vaqtida ovulyatsiyaning kuzatilmasligi tabiiy holat.

Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

Источник: https://ikid.uz/ovulyatsiya-va-homiladorlik/

Узи на овуляцию

Овуляция нима дегани узи

Процедура, помогающая определить день овуляции, называется фолликулометрией. Ее назначают в том случае, если у женщины появляются проблемы с зачатием ребенка. Фолликулометрия позволяет понаблюдать за процессом увеличения ооцитов, тем самым определив степень фертильности.

В каких случаях необходимо делать Узи на овуляцию?

Любые диагностические манипуляции назначают при наличии жалоб или подозрений на определенное заболевание. Узи на овуляцию показано тем женщинам, которые столкнулись с проблемами зачатия.

Чаще всего процедуру назначают через год после начала планирования беременности. Именно столько времени дается здоровой паре на зачатие естественным путем. Способ определение овуляции по УЗИ считается самым результативным.

Показания к проведению процедуры следующие:

  • Нерегулярная менструация;
  • Подготовительные мероприятия к ЭКО;
  • Длительное отсутствие беременности;
  • Аменорея;
  • Недуги, сопровождающиеся гормональными нарушениями.

Показывает ли узи овуляцию? Узи на овуляцию делают на протяжении нескольких циклов, поскольку 1-2 ановуляторных цикла за год считаются нормой. О бесплодии можно говорить только после длительного наблюдения за ростом фолликулов. Исследование помогает не только выявить проблему, но и определить природу ее происхождения. Овуляции на УЗИ определяется по определенным признакам.

Желтое тело на узи после овуляции

Желтое тело находиться в матке, а не как думают некоторые девушки и женщины, в маточных трубах или где-либо еще вне яичников. Оно всегда строго развивается исключительно на яичнике, где произошла овуляция.

Яичников у женщины два. Фолликулы растут на обоих в самом начале нового цикла, но доминирующий обычно один, остальные проходят обратное развитие. Расположен доминантный фолликул либо на правом, либо на левом яичнике.

Иногда у женщины развивается сразу два желтых тела. По причине двойной овуляции, лопнули сразу два доминирующих фолликула, поэтому есть вероятность многоплодной беременности. Явление двойной овуляции не распространенное явление, потому как организм экономит фолликулярный запас, поскольку он у женщины не пополняется и не обновляется.

Желтое тело просматривается в области яичников и выглядит как небольшой мешочек, анэхогенное образование.

 Эхогенность отсутствует, поскольку внутри временной железы имеется определенное количество жидкой среды.

Железа образуется сразу после овуляции, но разглядеть ее на УЗИ можно только через 3-4 дня после нее, поскольку размеры желтого тела на начальной стадии формирования очень незначительны.

Анэхогенное образование — описание

Доктор замеряет диаметр при наличии временной железы в правом или левом яичнике. Показатель диаметра показывает насколько соответствует желтое тело стадии своего развития. Для оценки работоспособности железы измеряют толщину эндометрия.

Эндометрий — описание

Можно ли по узи определить овуляцию?

Конечно, УЗИ при определении овуляции является одни из самых точных методов. Обычно на процедуре используют трансвагинальный или ультразвуковой датчик. Оба способа способа являются безболезненными. Трансвагинальный способ существенно расширяет границы диагностики и даёт более точные результаты.

При использовании трансвагинального датчика, узи происходит. Перед процедурой следует позаботиться о чистоте внешних половых органов, чтобы предотвратить попадание патогенных микроорганизмов во влагалище. Процедура проводится при опустошенном мочевом пузыре. При вздутии живота необходимо принять препарат, снижающий газообразование.

Нежелательно перед проведением процедурой заниматься сексом

Когда лучше делать Узи на овуляцию?

Гинеколог назначает несколько сеансов, каждый из которых проводится через 2-3 дня после предыдущего. С помощью исследования выявляются всё от созревания фолликула до образования и развития плодного яйца. Обычно делают 4 процедуры. Рассмотрим на примере 30 дней цикла:

  1. 10 ый день цикла. Первая процедура проводится за 3-4 дня до предполагаемого разрыва фолликула. В этот период уже видно доминантный фолликул.
  2. 12-13 день. УЗИ отображает наличие доминантного образования в яичнике.
  3. 15-16 день. Наступление овуляторной фазы. Фаза длится всего день, после нее яйцеклетку уже не оплодотворить.
  4. 18-19 день. Подтверждение произошедшего выхода яйцеклетки в полость матки. На мониторе отчётливо будет видно образование с размытыми контурами — желтое тело.

Как проходит УЗИ для мониторинга овуляции?

Узи на овуляцию проводят по определенному алгоритму. Диагноз ставят только на основе нескольких визитов за 1 менструальный цикл. На мониторе женщина воочию может увидеть, как выглядит процесс созревания ооцитов.

Когда делать УЗИ для определения овуляции, нужно определить, ориентируясь на длину цикла. При стандартной продолжительности менструального цикла первое посещение приходится на 12 день. В том случае, если цикл длиннее 28 дней, то кабинет УЗИ необходимо посетить на 14-15 день.

При цикле длительностью более 35 дней, овуляция поздняя. Поэтому УЗИ необходимо сделать на 18-19 дни.

Больше подробностей о фолликулометрии.

Женщине следует делать Узи на овуляцию каждые 2-3 дня. За этот промежуток времени фолликулы увеличиваются на 5-6 мм. Параллельно ведется наблюдение за увеличением толщины эндометрия.

Узи на овуляцию позволяет обнаружить доминантный фолликул. Он отличается на фоне остальных своими объемами. Яйцеклетка становится зрелой тогда, когда размер фолликула достигает 18 мм.

Это значит, что через 1-2 дня у женщины наступит овуляция.

В целях успешного зачатия в эти дни желательно практиковать половую близость. Эндометрий к моменту созревания ооцита должен достигать 10-13 мм. Момент овуляции на УЗИ выглядит неоднозначно.

Доминантный фолликул пропадает, что может указывать на его разрыв. Но такой признак может свидетельствовать и о лютеинизации. Фолликул сдувается, но ооцит из него не выходит. В этом случае беременность становится невозможной.

Определить, разорвался ли фолликул, поможет УЗИ после овуляции.

Признаки овуляции на УЗИ

На УЗИ после овуляции можно обнаружить признаки того, что фолликул лопнул. Их оценивают не отдельно друг от друга, а в совокупности. Овуляция на узи будет обнаружено в том придатке, где формировался доминантный фолликул.

Оно необходимо для поддержания оптимального уровня прогестерона в организме в том случае, если произойдет зачатие. Узи на овуляцию позволяет не только определить его наличие, но и оценить качество кровотока.

Уже на этом этапе врач может сказать, насколько высока вероятность зачать ребенка.

УЗИ после овуляции также покажет незначительное количество жидкости за маткой. Она рассасывается примерно через 2-3 дня после разрыва фолликулярных оболочек. Остальные фолликулы начнут регрессировать сразу после визуализации доминантного. После овуляции они полностью исчезнут.

Источник: https://Ovulyaciya.com/ovulyaciya/uzi-na-ovulyatsiyu

Поделиться:
Нет комментариев

    Добавить комментарий

    Ваш e-mail не будет опубликован. Все поля обязательны для заполнения.